» » Sirdaryoda 6 nafar mast fuqaro tez yordam xodimlarini kaltakladi

Sirdaryoda 6 nafar mast fuqaro tez yordam xodimlarini kaltakladi


4-iyun kuni Sayhunobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli “Birlashgan” tez tibbiy yordam shoxobchasi navbatchi shifokori va navbatchi feldsheri chaqiriq joyida sababsiz kaltaklandi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialida o‘rnatilgan Call-markaziga Sayhunobod tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.B.ning tobi qochganligi bois o‘sha mahalla hududidan o‘tuvchi kanal bo‘yiga tez tibbiy yordam so‘rab, tungi soat 00:13 da murojaat kelib tushgan.

Chaqiriqqa asosan “Birlashgan” tez tibbiy yordam shoxobchasining Damas rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinasida navbatchi shifokor J.O. va navbatchi feldsher V.N. chaqiriq manziliga tungi soat 00:21 da yetib borgan.

Chaqiriq manzilida esa 6 nafar mast holatdagi yetib kelgan navbatchi feldsher hamda navbatchi shifokorni mashinadan tushishi bilan sababsiz kaltaklay boshlagan.

Oqibatda 28 yoshli  shifokor J.O. BMYoJ bosh miya chayqalishi, o‘ng qosh sohasi yirtilgan jarohati, o‘ng ko‘z paraorbital gematomasi, ko‘krak qafasi o‘ng tomonlama yumshoq to‘qimasi lat yeyishi tashxisi bilan hamda 44 yoshli feldsher V.N. BMYoJ bosh miya chayqalishi, o‘ng qo‘l kaft suyagining asosidan yopiq sinishi, chap chakka sohasi burun va chap yonoq sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, yuqori lab ichki va tashqi yuzasi teri osti gematomasi, o‘ng ko‘z pastki qovoq sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi tashxisi bilan Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga tungi soat 02:00 da yotqizilgan.

Tez yordam xodimlarini kaltaklagan 40 yoshli Sh.Q. va A.B. tungi soat 02:00 da tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Sayhunobod tumani TTBga olib kelingan. Ta’kidlanishicha, fuqarolar o‘rta darajada mast holatda bo‘lgan.

Ulardan biri 47 yoshli A.B.ning o‘ng tizza bo‘g‘imi sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va shilingani bois unga tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori tomonidan ambulator yordami ko‘rsatilgan.

Ayni chog‘da ushbu holat yuzasidan Sayhunobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют