» » AQShda norozilik namoyishlarida ishtirok etayotganlarga koronavirusga test topshirish tavsiya qilindi

AQShda norozilik namoyishlarida ishtirok etayotganlarga koronavirusga test topshirish tavsiya qilindi


AQShning turli shaharlarida, ko‘chalarda norozilik namoyishlari o‘tkazayotganlar koronavirusga test topshirishi lozim, ommaviy to‘planishlar COVID-19 tarqalishining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda mamlakat kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) direktori Robert Redfild ma’lum qilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

“Birinchi navbatda tinchlik yo‘li bilan ko‘chalarda to‘planib, turli namoyishlarda ishtirok etayotgan fuqarolarga koronavirusga test topshirish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan bo‘lardim”, – degan CDC rahbari.

“Afsuski, ushbu ommaviy namoyishlar infeksiyaning yoyilishiga turtki bo‘lishi ehtimoli baland, shu sababli ushbu xavfning oldini olish va epidemiya tarqalishini kamaytirish uchun har bir ishtirokchi 3, 5, 7 kunda tekshiruvdan o‘tishi zarur”, – degan Redfild.

AQShning karantin idorasi rahbari norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan odamlar orasida tibbiy niqob taqish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilmayotganlar ko‘pligi, shuningdek, cheklovlar qisman yumshatilganidan keyin ochilgan plyajlarda ijtimoiy masofa saqlash tartibiga rioya qilinmayotgani achinarli holat ekanini qayd etgan.

“Odamlarga qilinayotgan murojaatlar javobsiz qolayotganidan, ularning tavsiyalarga amal qilmayotganidan xavotirdamiz”, – degan Redfild.

U amerikaliklarning to‘planishi o‘ta xavfli ekani, bu koronavirusning simptomlarsiz o‘tadigan turning tarqalishi ehtimolini oshirishini ta’kidladi. Tibbiy niqob taqib yurish kasallik tarqalishini nazorat qilishdagi o‘ta muhim jihatlardan biri ekanligiga urg‘u berdi.

“Menimcha biz o‘rganib qolgan ijtimoiy masofa saqlash tartibini yanada takomillashtirish zarur, sababi bu bizga oktabr, noyabr va dekabr oylarida yana kerak bo‘ladi”, – deya ta’kidlagan kuz va qishda mavsumiy gripp tufayli COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligini taxmin qilgan CDC direktori.

4-iyun holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1,8 million nafardan oshib ketgan, 107 mingtadan ko‘proq o‘lim holatlari qayd etilgan. Mamlakatdagi karantin choralari mart oyi o‘rtalaridan beri amalda edi va asta-sekin ko‘plab shtatlarda cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatila boshlagan: do‘konlar ochilgan, biznesni qayta boshlashga ruxsat berilgan, plyajlar, parklar va boshqa jamoat joylari faoliyatini boshlagandi.

AQShda koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda Minneapolis shahrida afro-amerikalik Jorj Floydning politsiya hibsga olgan vaqtda qiynoqqa solinishi va kasalxonada vafot etishi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. Dastlab tinch yo‘l bilan boshlangan mitinglar ortidan yuz minglab odamlar norozilik namoyishlariga chiqdi va vaqti-vaqti bilan politsiyachilar hamda namoyishchilar o‘rtasida keskin to‘qnashuvlar, binolarga o‘t qo‘yish, mashinalarni yoqish holatlari uchrab turibdi.

Mavzuga doir: Tramp Minneapolisdagi namoyishlar to‘xtatilgani uchun o‘ziga o‘zi minnatdorlik bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют