» » Andijonda teraklarning soyasi bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Andijonda teraklarning soyasi bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi


Andijonning Marhamat tumanida terak daraxtining soyasi sabab chiqqan nizo bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Marhamat tumani prokuraturasi tergovchisi Otabek G‘ulomov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi 35 yoshli N.Ya. qotillik yuz berguniga qadar ham “Xo‘jaariq” mahallasidagi fermer xo‘jaligi dala maydonidagi gumon qilinuvchi 56 yoshli B.A.ning terak daraxtlari uning ekinlariga soya solib, hosildorlikka ta’sir qilayotganini aytib, bir necha bor e’tiroz bildirgan, undan teraklarni kesib tashlashni so‘ragan.

31-may kuni soat taxminan 20:25 da teraklar ustidan yana kelishmovchilik yuz bergan. Janjal vaqtida mast ahvolda bo‘lgan gumon qilinuvchi B.A. qo‘lidagi pichoq bilan jabrlanuvchi N.Ya.ning yurak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. “Jabrlanuvchi tuman shoshilinch tez yordam bo‘limida vafot etgan”, — deydi tergovchi G‘ulomov.

Fuqaro B.A. shu kunning o‘zida ushlangan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblov e’lon qilingan. Tergovchining qo‘shimcha qilishicha, fuqaro B.A. muqaddam, 2012-yili giyohvand modda iste’mol qilganlik holati bo‘yicha sudlanib, tegishli tartibda jazolangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют