» » Sergey Lushchan tarbiyalanuvchisi “Bunyodkor”ni jazolab, “Dinamo”ni peshqadamga aylantirdi

Sergey Lushchan tarbiyalanuvchisi “Bunyodkor”ni jazolab, “Dinamo”ni peshqadamga aylantirdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasidan joy olgan “Bunyodkor” —“Dinamo” o‘yinida 1:1 hisobi qayd etildi.

Samarqand klubi 21-daqiqada Javohir Qahramonovning goli bilan hisobda oldinga chiqib oldi. 1996-yilda tavallud topgan mazkur futbolchi o‘z vaqtida “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, aynan Sergey Lushchan qo‘li ostida to‘p surgan. Biroq “Bunyodkor” asosiy tarkibiga tusha olmay, Samarqand klubida o‘ynab turishga rozi bo‘lgan.

Shu futbolchining goli Toshkent grandini 2 ochkodan mahrum qildi. Boisi “qaldirg‘ochlar” bu golga faqatgina bir marta — 26-daqiqada Doston Hamdamovning goli bilan javob berdi.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” bunga qadar Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etishga ham muvaffaq bo‘lgandi — 1:0.

Qo‘lga kiritilgan 1 ochko Samarqand klubini turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqdi. 9 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Sergey Lushchan jamoasi esa hozircha 7-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq bosh murabbiy Sergey Lushchan yaqin orada iste’foga chiqishi mumkinligi aytib o‘tilgandi. Boisi “Bunyodkor” bosh direktori Baxtiyor Boboyev o‘z lavomizidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” joriy yilni Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ketma-ket to‘rt mag‘lubiyat bilan davom ettirayotgan bo‘lsa, mamlakat Oliy ligasidagi olti uchrashuvning 4 tasida ochko yo‘qotib ulgurgan. Bu klub tarixidagi eng past ko‘rsatkichli start hisoblanadi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
7-tur o‘yini
20-aprel, payshanba

Gollar: Javohir Qahramonov, 21 (0:1). Doston Hamdamov, 26 (1:1).

Опубликовано: admin (20-04-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют