» » Bollivud aktrisalarining mashhurlikda ulardan qolishmaydigan onalari (foto)

Bollivud aktrisalarining mashhurlikda ulardan qolishmaydigan onalari (foto)


San’at vakillari orasida oilaviy mashhurlikka erishgan yoki ota-onasiga havas qilib shou-biznesni tanlagan farzandlar yo‘q emas. Quyida hind kinosanoatida aktrisa sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan onalar va ular yo‘lini tanlagan qizlar haqida ma’lumot beramiz.

Hema Malini — Esha Deol

Hind kino sanoatiga 70-yillar oxirida kirib kelgan Hema Malini ko‘p vaqt o‘tmay kino yulduziga aylangan. Iste’dodli va maftunkor aktrisa o‘ziga xos rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Hemaning qizi Esha Deol aktrisalik karyerasida onasichalik muvaffaqiyatga erisha olmagan bo‘lsa-da, qo‘lidan kelganicha mahoratini ko‘rsatishga uringan. U suratga tushgan filmlardan “Tezlik” omadli chiqqan.

Dimpl Kapadiya — Tvinkl Khanna

“Bobbi”, “Sevgi dengizi” filmlaridagi unutilmas rollari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Dimpl o‘smirlik chog‘idayoq Film Awards’ga sazovor bo‘lishga ulgurgan. Aktrisa ayni vaqtda 60 yosh bo‘lishiga qaramay, filmlarda suratga tushishda davom etmoqda. Kapadiya xonimning qizi Tvinkl kinosanoatda o‘rnini topa olmagan bo‘lsa ham, maftunkorligi va qiyofasi bilan esda qolgan. Tvinkl Bollivud yulduzi Akshay Kumarga turmushga chiqqan va hozirda farzandlar tarbiyasidan tashqari tadbirkorlik va dizaynerlik bilan shug‘ullanadi.

Tanuja — Kajol

Tanuja mahoratli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisalardan biri hisoblanadi. Uning qizi Kajol esa allaqachon Bollivudda o‘z o‘rnini topgan, muxlislari uchun sevimli bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Ona-bola aktrisalar bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi, ularning hayotiy qarashlari bilan ham bir xil. Kajol Ajay Devgan bilan turmush qurgan va ularning ikki nafar farzandi bor.

Sharmila Tagor — Soha Ali Khan

O‘z vaqtida go‘zallik timsoli bo‘lgan Sharmilaning aktrisalik mahorati chiroyidan kam bo‘lmagan. Uning qizi Soha Bollivudda mashhur bo‘lmasa-da, ijrosi muxlislarda ijobiy taassurot qoldirgan.

Aparna Sen — Konkona Sen Sharma

Chiroyli tabassum va o’tli nigoh ona-bolani boshqalardan ajratib turuvchi xususiyat hisoblanadi. Aparna nafaqat aktrisa, balki rejissor sifatida ham hind kinosanoatida o‘z o‘rnini topgan. Qizi Konkona nomi mashhur aktrisalardan bo‘lmasa ham, turli janrdagi rollarni qoyilmaqom ijro etadigan iste’dodli aktrisa hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют