» » Minneapolisda Jorj Floyd bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

Minneapolisda Jorj Floyd bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi


Minneapolisdan politsiya tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etgan afro-amerikalik Jorj Floyd bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim ABC telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Vidolashuv marosimida AQShdagi qora tanli aholining huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi taniqli insonlardan biri ruhoniy Alfred Sharpton nutq so‘zladi. Sharpton avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp qo‘lida Bibliya bilan suratga tushganini eslatib o‘tdi. O‘shanda u Amerikani yuksaltirishga hamda norozilik va tartibsizliklar vaqtida mamlakat xavfsizligini ta’minlashga va’da bergan.

“Men hech qachon kimdir Bibliyani bunday ushlaganini ko‘rgan emasman”, — deydi Sharpton va u Bibliyadan rekvizit sifatida foydalanib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

The body of #georgefloyd carried out of today’s memorial. The moment, the scene, unreal. #GeorgeFloydMemorial pic.twitter.com/Xet7rfwD1x

— Darryl Forges (@Darryl_Forges) June 4, 2020

Bundan tashqari, Sharpton Trampni Floydning o‘limidan o‘zining siyosiy manfaatlari yo‘lida foydalanganlikda aybladi. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, marhumning oilasi bunga yo‘l qo‘ymaydi.

“Barchangiz Amerikani buyuk qilish haqida gapirasizlar. Kim uchun va qachon buyuk bo‘ladi? Biz Amerikani barcha uchun buyuk qilamiz”, — deydi Sharpton.

Vidolashuv marosimida Jorj Floydning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, AQShdagi qora tanlilar huquqini himoya qiluvchi boshqa taniqli insonlar, xususan, Jessi Jekson, bir necha senator va aktyorlar ishtirok etdi.

Marosim vaqtida ishtirokchilar 8 daqiqa 46 soniya sukut saqladi. Oq tanli politsiya xodimi Floydni qo‘lga olish vaqtida uning bo‘ynini tizzasi bilan taxminan shuncha vaqt bosib turgan.

Mavzuga doir: Kun fotosi: AQShda qotil hamkasbi uchun politsiyachilar tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi. Donald Tramp Oq uy qarshisida sodir bo‘lgan norozilik namoyishi vaqtida yerosti bunkeriga berkingani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют