» » Toshkentda yosh yigitlarning ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olinayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Toshkentda yosh yigitlarning ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olinayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi


Ichki ishlar organlari xodimlari yosh yigitlarni ichki ishlar bo‘limiga olib ketish uchun qo‘lga olayotganlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Videoda aks etgan voqea bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-iyun kuni taxminan soat 18:30 da Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari “Moviy gumbazlar” xiyoboni hududini patrullash davomida to‘plangan fuqarolarga o‘yin kartalari yordamida fokus ko‘rsatayotgan ikki nafar yosh yigitni ko‘rib qolgan. Tomoshabinlar jamoat joyida bo‘la turib ijtimoiy masofani saqlamagan. Ya’ni sanitariya-epidemiologiya qoidalari buzilib, inson salomatligiga xavf tug‘dirilgan. Shu sababli xodimlar yosh yigitlarga tanbeh berib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun bu kabi tomoshalar uyushtirmaslikni so‘ragan.

Ammo 2-iyun kuni kechki payt PPX xodimlari yana o‘sha yigitlar jamoat joyida tomosha ko‘rsatayotganini ko‘rib qolgan. Ularda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan. Birinchi ogohlantirishdan keyin tegishli xulosa qilmagan yigitlar jamoat joyida tomosha uyushtirishda davom etgan. Shu sababli ichki ishlar organlari xodimlari ulardan eng yaqin bo‘limga shaxslarini aniqlash uchun va profilaktik suhbat o‘tkazish uchun borishni so‘ragan.

Ammo yigitlardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Bu holat noma’lum shaxs tomonidan mobil telefon kamerasiga videoga tushirilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.

“Yigitlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazildi. Ulardan biri voyaga yetmagan bo‘lgani uchun darhol qo‘yib yuborildi. Ikkinchisi esa jizzaxlik 19 yoshli Oleg X. bilan karantin qoidalariga rioya qilish muhimligi borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgach, qo‘yib yuborildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: “Qizil” hududga aylangan Shofirkonda bir haftada 127 nafar fuqaro va 280 nafar haydovchi karantin tartibini buzdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют