» » Koreyalik shifokorlar Buxoroda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Koreyalik shifokorlar Buxoroda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi


Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Janubiy Koreyaning Vision Care xalqaro tashkiloti oftalmolog-shifokorlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Daewoo International korporatsiyasi homiyligida Vision Care xalqaro tashkilotining bir guruh shifokorlari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Murojaat qilganlarning qariyb 100 nafarida katarakta bartaraf etilib, ko‘z gavhari almashtirildi.

“Tashkilotimiz O‘zbekistonda bahor va kuz faslida bir necha kun davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda, — dedi koreyalik ko‘z shifokori Xan Jangmo. — Yurtingizda ko‘p narsa e’tiborimizni tortdi. Tibbiyot muassasalari zamonaviyligi, zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlangani mamlakatingizda sog‘liqni saqlash sohasiga alohida e’tibor qaratilayotganini tasdiqlab turibdi. Tibbiy ko‘rik va operatsiyalarda ko‘maklashgan o‘zbekistonlik malakali oftalmolog-shifokorlar bilan hamkorlikda ishlash yoqimli bo‘ldi”.

“Bir ko‘zim xiralashib qolgach, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga murojaat qildim, — dedi Olot tumani Oqpo‘lat qishlog‘idan 67 yoshli Sharof Ibodov. — Shifokorlar operatsiya qilish zarurligini, yaqin kunlarda Buxoro shahriga keladigan Janubiy koreyalik mutaxassislarga uchrashishni aytdi. Ular tavsiyasi bilan xorijlik shifokorlar huzuriga keldim. Jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tdi. Mana, ko‘zim yoshligimdagi kabi tiniq-ravshan ko‘ra boshladi”.

Aksiya doirasida chuqurlashtirilgan oftalmologik tekshiruvlardan o‘tgan bemorlar dori-darmon, maxsus ko‘zoynaklar bilan bepul ta’minlandi. Ularga ko‘z xastaliklarining oldini olish yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют