» » Vensan Kompani o‘zi to‘p surayotgan “Anderlext”ga 3 mln yevro xayriya qildi

Vensan Kompani o‘zi to‘p surayotgan “Anderlext”ga 3 mln yevro xayriya qildi


“Manchester Siti” sobiq himoyachisi, hozirda “Anderlext”da o‘ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Vensan Kompani belgiyaliklar klubiga 3 million yevro miqdorida moddiy yordam taqdim etdi, deya xabar qilmoqda DH les Sports+.

“Anderlext” bosh direktori Van Etvelt himoyachi qarorini sharhlab o‘tdi.

“Vensanning sarmoyasi ramziy ma’noga ega. Uni yaxshi taniganlar Vensan buning evaziga hech narsa talab qilmasligini yaxshi biladi”, — deydi Etvelt.

Avvalroq Kompani “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaning assistenti bo‘lishdan bosh tortgandi.

Kompani “Anderlext” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshida Belgiya klubi safida debyut qilgan. 2006-yilda 10,5 million yevro evaziga “Hamburg”ga yo‘l olgandi. Oradan ikki yil o‘tib futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tdi va u yerda 11 yil to‘p surdi.

Joriy mavsum 34 yoshli futbolchi “Anderlext”ning 18 ta o‘yinida ishtirok etib, bittadan gol va golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, uning ishtirokidagi 7 uchrashuvda klub o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Mavzuga doir: Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar aniqlandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют