» » O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda joylashgan masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha talablar belgilandi

O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda joylashgan masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha talablar belgilandi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, masjidlar 8-iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlashi, ushbu maskanlarda 5–8-iyun kunlari sanitar choralar ko‘rilishi ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar faoliyatini karantin davrida tashkil etish, masjid ish faoliyatini sanitariya-epidemiologik qoidalarga muvofiq yuritish va ibodatlarni ado etish uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlash borasida tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 8-iyun kuni bomdod namozidan boshlab kunlik besh vaqt farz namozlarini ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etish mumkin.

Masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

“Masjidlar faoliyati hududlar toifalari o‘zgarishiga qarab, muvofiqlashtirilib boriladi. Xususan, hududga ‘qizil’ yoki ‘sariq’ toifa berilishiga ko‘ra undagi masjidlar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-xatiblari ushbu tavsiyalarni amalga oshirilishini ta’minlaydi va belgilangan vazifalarning bajarilishiga masjid imom-xatibi mas’ul hisoblanadi”, — deyiladi bayonotda.

Mavzuga doir:O‘zbekistondagi yana 5 ta tuman “qizil” hududga aylandi. Ular orasida Sardoba ham bor (ro‘yxat)

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-iyundan restoran va bog‘chalar ham ochiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют