» » Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qildi. Unda nashr milliarder unvonidan mahrum qilgan Kayli Jenner yetakchilik qildi

Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qildi. Unda nashr milliarder unvonidan mahrum qilgan Kayli Jenner yetakchilik qildi


Forbes jurnali eng ko‘p daromad oladigan mashhurlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi — 2020-yilda ro‘yxat boshidan Kayli Jenner o‘rin olgan.

O‘tgan yili Jennerning daromadlari 590 million dollarni tashkil etgan. Kayli ushbu mablag‘larning 540 millionini Kylie Cosmetics kompaniyasining 51 foiz ulushini sotish orqali ishlagan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 170 million dollar bilan musiqachi Kanye Uest o‘rin olgan. U daromadining asosiy qismini Yeezy krossovkalar brendi orqali ishlab topgan.

Shuningdek, dastlabki o‘ntalikda tennischi Rojer Federer (106 million), futbolchi Krishtianu Ronaldu (105 million), Lionel Messi (104 million), Neymar (96 million), basketbolchi Lebron Jeyms (88 million), shuningdek, aktyorlar Tayler Perri (97 million) va Dueyn Jonson (87 million) hamda teleboshlovchi Govard Stern (90 million) o‘rin olgan.

Avvalroq Forbes jurnali amerikalik model Kayli Jennerning boyligini qaytadan baholab, uning qiymatini milliard dollardan 900 million dollarga tushirib yuborgan edi. Keyinroq Jenner “Dunyoning eng yosh milliarder ayoli” maqomidan mahrum bo‘lishida onasini ayblagandi.

Mavzuga doir: Foto: Dunyodagi eng yosh milliarder ayol Kayli Jenner qanday uyda yashaydi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют