» » Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi

Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi


Koronavirus tarqalishi boshlangan Xitoyning Uxan shahri kasalxonalarida COVID-19’ga chalingan so‘nggi uch bemor davolanib chiqdi, deb yozmoqda “RBK” shahar ma’muriyati e’lon qilgan ma’lumotlarga tayanib.

Xabarda aytilishicha, 5-iyunga o‘tar kechasi Uxanda va Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan. Kasalxonadagi so‘nggi uch kishiga javob berilgan, koronavirusga chalingan boshqa bemorlar qolmagan.

Umumiy hisobda epidemiya boshlanganidan buyon Xubey provinsiyasida koronavirusga chalinish bo‘yicha 68 135 ta holat qayd etilgan. Ulardan 63 623 nafari sog‘aygan, 4 512 nafari vafot etgan.

Provinsiyada avvalroq infeksiya tashuvchilari bilan muloqotda bo‘lgan 217 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Shahar rasmiylari 24-aprelda ham kasalxonalarda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmaganini ma’lum qilgandi. Biroq oradan 2 hafta o‘tib, yana kasallanish holati qayd etilgan.

2-iyun kuni Uxanda mahalliy aholini koronavirusni aniqlash bo‘yicha ommaviy testdan o‘tkazish yakunlangan. Natijada virusni belgisiz tashuvchi 300 kishi borligi aniqlangan.

5-iyun holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 5 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 3 ta holat qayd etildi. Bemorlarning 8 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi.

Umumiy hisobda esa mamlakatda 83 027 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 327 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 66 nafar bemor qolmoqda.

Mavzuga doir: Uxanlik olimlar hozirgacha aniqlangan viruslarni aysbergning cho‘qqisi deb atadi, ular viruslarni o‘rganishni davom ettirmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют