» » “Chelsi” Vernerni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi. Timoga “Liverpul” ham da’vogar edi

“Chelsi” Vernerni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi. Timoga “Liverpul” ham da’vogar edi


Londonning “Chelsi” klubi Germaniya terma jamoasi va “Leypsig” hujumchisi Timo Vernerni o‘z safiga qo‘shib olishga ko‘ndirdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi Vernerga haftasiga 200 ming funt (taxminan, 222 ming yevro) to‘lashga tayyor. Futbolchi “Chelsi”ning taklifini qabul qilishga rozilik bergan.

Hozirda Vernerning shartnomasida uning narxi 60 million yevro etib belgilangan, biroq 15-iyun kuni bu band o‘z kuchini yo‘qotadi. Shunda klublar potensial transfer narxni muhokama qilishlari mumkin.

London klubi himoyachisi va Vernerning terma jamoadagi sherigi Antonio Ryudiger vatandoshini “ko‘klar” lageriga kelishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Liverpul” ancha vaqtdan beri Vernerning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgandi va bir necha bor muzokaralar ham o‘tkazgandi. Biroq nemis klubining yuqori talablari sabab “Liverpul” Verner transferidan voz kechgandi.

Mavzuga doir: Keyndan Vernergacha. Ushbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli 6 transfer

Verner bu mavsumda Bundesligada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют