» » O‘zbekiston maktablarida darslar yangi o‘quv yilida ham onlayn rejimida davom ettirilishi mumkin

O‘zbekiston maktablarida darslar yangi o‘quv yilida ham onlayn rejimida davom ettirilishi mumkin


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021-o‘quv yilida ham maktablardagi darslarni masofadan o‘tishga tayyorlanmoqda. Vazirlik tomonidan Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Mazkur hujjat Milliy teleradiokompaniyada “Onlayn maktab” loyihasi uchun doimiy studiya tashkil etishni ko‘zda tutadi. Koronavirus pandemiyasi davrida televizon videodarslar namoyish etilgan telekanallardan xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’limni rivojlantirish maqsadlarida foydalanish tartibini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Mazkur uchta telekanaldan “Onlayn maktab” loyihasini davom ettirish maqsadida foydalaniladi va yanada takomillashtiriladi.

Shuningdek, “onlayn maktab” loyihasi doirasida 2020-yil 1-avgustdan boshlab, 2020—2021-o‘quv yili uchun televizion videodarslarni tasvirga olishni yo‘lga qo‘yish, mazkur videodarslarni har o‘quv yili davomida efirda namoyish etib borish rejalashtirilmoqda.

Qarorga ko‘ra, o‘qituvchilar har bir o‘tilgan videodars uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi, surdopedagoglar esa 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq oladi.

Platforma mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli boshlangan masofaviy ta’limni tartibga solishga imkon berishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida o‘quv dasturlari ixtisoslashgan, ijodiy maktablar, shuningdek, mamlakatdagi prezident maktablari bilan hamkorlikda STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika) dasturi asosida yaratiladi.

Bir oy ichida darslarni tasvirga olish studiyasini texnik jihozlash, 1-sentabrgacha esa www.maktab.uz platformasini yaratish rejalashtirilmoqda. Platforma ishini tashkil qilish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining virtual serveridan imtiyozli shartlarda resurslar ajratiladi.

Mobil aloqa kompaniyalari sms xabarlar va boshqa qo‘shimcha xizmatlar yordamida www.maktab.uz platformasini bepul asosda ommalashtirishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, yangi platforma Discovery, National Geographic va BBC kanallari bilan hamkorlikda hujjatli ilmiy-ommabop filmlar namoyish etadi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat og‘irlashib, karantin qoidalari kuchaytirilgan taqdirda “onlayn maktab” rukni ostida televizion videodarslarni tasvirga olish jarayoni Respublika maxsus komissiya tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatildi. Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi. Maktablardagi yakuniy imtihonlar esa o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют