» » Qoraqalpog‘istonda noqonuniy ravishda baliq ovlab, tabiatga qariyb 39 million so‘m zarar keltirgan brakonyerlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda noqonuniy ravishda baliq ovlab, tabiatga qariyb 39 million so‘m zarar keltirgan brakonyerlar qo‘lga olindi


Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar tomonidan tabiatga 38,4 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida 2020-yilning may oyi “Brakonyerlikka qarshi kurash oyi” deb e’lon qilingan. Qo‘mita Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar baliqlarning uvuldiriq tashlashi, ko‘payishi maqsadida baliqlarni ov qilishni taqiqlagan edi.

Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limining tezkor guruh a’zolari tomonidan o‘tkazilgan reyd tabdirida Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tuman hududidagi Janaqazg‘an kollektori atrofidagi tabiiy ko‘llarda 4 nafar fuqaro noqonuniy ravishda baliq ovlayotgani aniqlangan. Brakonyerlar yonidan 74 dona zog‘orabaliq, 1 dona oq sla, 1 dona tovonbaliq, 1 dona oqqayroq baliq topilgan.

Brakonyerlar tomonidan tabiatga 38,4 million so‘m zarar yetkazilgani hisoblab chiqilgan. Holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib tergov, surishtiruv ishlarini olib borish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют