» » O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 musobaqalari saralash bosqichining navbatdagi o‘yinlari sanalari ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq OFK saralash bosqichi o‘yinlarini oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab davom ettirishni so‘rab, FIFAga xat yuborgani xabar qilingandi. O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning ma’lum qilishicha, mazkur taklif FIFA tomonidan ma’qullangan va tez orada OFK ham bu borada rasman ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlarni “Daryo”ning O‘FAdagi manbasi ham tasdiqladi.

Shu tariqa mart va iyun oylarida o‘tishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar oktabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Xususan, 13-oktabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safarda Yaman bilan uchrashadi, 8-oktabrda Vadim Abramov jamoasi dam oladi.

Shuningdek, terma jamoa noyabr oyida ham ikkita uchrashuv o‘tkazadi. 12-noyabrda Singapur mehmon qilinadi, 17-noyabrda esa O‘zbekiston safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi.

JCh—2022 saralash bosqichi

7-tur bahslari

8-oktabr, payshanba

8-tur bahslari

13-oktabr, seshanba

9-tur bahslari

12-noyabr, payshanba

10-tur bahslari

17-noyabr, seshanba

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining “B” guruhida beshta o‘yin o‘tkazdi va 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. To‘rtta o‘yinda ishtirok etgan saudiyaliklar esa 8 ochko bilan keyingi o‘ringa joylashgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab O‘zbekiston terma jamoasining mart va iyun oylaridagi o‘yinlari qoldirildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют