» » O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati biroz pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati biroz pasayadi


O‘zbekiston hududidan 5-iyun kuni bulut massivlari o‘tishi kutilmoqda, shu sababli tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamolning shiddati sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

Harorat foni 35-40 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakat janubi va cho‘l zonasida ayrim joylarda 42 darajagacha bo‘lishi mumkin. Bunday harorat bugungi kun me’yoriy ko‘rsatkichlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlarida Qozoqiston hududidan salqin havo kirib, issiq biroz chekinadi va nihoyat harorat ko‘rsatkichlari me’yorda — kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi kuchayishi, shiddati 17-22 metr/sekundga yetishi mumkin. 6 va 7-iyun kunlari mamlakatning tog‘li tumanlaridagina yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют