» » AQShda uch g‘ildirakli noyob avtomobil sotuvga qo‘yildi

AQShda uch g‘ildirakli noyob avtomobil sotuvga qo‘yildi


AQShning Ayova shtatida nodir Messerschmitt KR200 avtomobili sotuvga qo‘yildi. 1960-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning tom qismi ochiladi. Noyob transport vositasi 17,5 ming dollar evaziga sotilmoqda, deb xabar beradi Barnfinds.

Messerschmitt KR200 — nemis aviamuhandisi Ftis Fendomning ijodi. Umuman olganda, avtomobil kabina qismi ochiladigan uch g‘ildirakli motokolyaskaga o‘xshaydi.

Mashina salonida haydovchi va yo‘lovchi uchun ikkita o‘rindiq mavjud — ular ketma-ket joylashgan, ruli esa samolyot shturvalini yodga soladi. Avtomobilga havo yordamida sovutiluvchi bir silindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, Messerschmitt KR200 soatiga 90 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.

E’lon qilingan suratlarga qaraganda, avtomobil restovratsiyaga muhtoj. Ta’kidlanishicha, bu turdagi minimobillar 1955-yildan 1964-yilga qadar ishlab chiqarilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют