» » Yangiyo‘lda oynalari ruxsatsiz qoraytirilgan va “migalka” o‘rnatilgan Lacetti jarima maydonchasiga joylashtirildi (video)

Yangiyo‘lda oynalari ruxsatsiz qoraytirilgan va “migalka” o‘rnatilgan Lacetti jarima maydonchasiga joylashtirildi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda old oynalarigacha qoraytirilgan va old qismiga “migalka” chiroqlar o‘rnatilgan Lacetti aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari mazkur avtomobil egasiga nisbatan chora ko‘rdi.

Mazkur avtomobil Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida to‘xtatilgan. Haydovchining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi videoni uning o‘zi emas, balki boshqalar tarqatgan.

Haydovchining ma’lum qilishicha, u avtomobili oynalarini qoraytirish uchun tegishli ruxsatnoma olmagan. Shuningdek, haydovchi “migalka” chiroqlarini “yoshlik qilib” o‘rnatganini bildirgan.

Qoidabuzarga nisbatan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 40) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют