» » Iroqda IShIDning kimyoviy qurol bo‘yicha yetakchi mutaxassislaridan biri yo‘q qilindi

Iroqda IShIDning kimyoviy qurol bo‘yicha yetakchi mutaxassislaridan biri yo‘q qilindi


Iroq federal politsiyasi IShID terrorchi guruhining kimyoviy qurol bo‘yicha yetakchi mutaxassislaridan birini yo‘q qilishga erishdi. Bu haqda federal politsiya qo‘mondoni general Raid Shokir Javdot bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

G‘arbiy Mosuldagi az-Zanjili tumanini ozod qilish bo‘yicha operatsiya doirasida amalga oshirilgan hujum davomida IShID a’zosi yo‘q qilindi. Terrorchining laqabi Abu Ahmad Gaz bo‘lib, u IShIDda kimyoviy qurol qo‘llash uchun javob berar edi.

Bir muddat ilgari jangarilar Iroq harbiy qismlaridan birida o‘rnashgan avstraliyalik va amerikalik instruktorlarga qarshi iprit qo‘llagani aytilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют