» » Muborakda tadbirkorning 150 mln so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Muborakda tadbirkorning 150 mln so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida firibgarlik yo‘li bilan tadbirkorning 150 million so‘m miqdordagi pul mablag‘ini qolga kiritgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Muborak tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, fuqaro T.A. “M-ta’mirlash” MChJ rahbari S.M.ning ishonchiga kirib, uni Erondan sement olib kelib sotishga qiziqtirgan. Shu tariqa, T.A.  tadbirkorning 150 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют