» » Hyundai modeli Baykalda muz ustida o‘tkazilgan festivalda tezlik rekordini o‘rnatdi (video)

Hyundai modeli Baykalda muz ustida o‘tkazilgan festivalda tezlik rekordini o‘rnatdi (video)


Mart oyida bo‘lib o‘tgan “Baykal muzliklaridagi tezlik kunlari” festivali davomida Hyundai kompaniyasi “Muz ustida 1000 kilometr masofaga harakatlanish bo‘yicha eng katta o‘rtacha tezlikka erishgan seriyali avtomobil” yo‘nalishida rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi Motor.

Rekord o‘rnatilgan poyga sakkiz kilometrli muz halqada bo‘lib o‘tgan. Unda uchta Hyundai i30 N Ultimate modellari qatnashgan bo‘lib, har biri umumiy hisobda 1020 kilometr 700 metr yo‘l bosgan. Eng tezkor ishtirokchiga butun masofani bosib o‘tish uchun 9 soat 1 daqiqa 20 soniya kerak bo‘lgan. Aylanishlarning birida Hyundai modellaridan birining maksimal tezligi soatiga 128 kilometrga chiqqan.

1000 kilometr masofaga harakatlanish bo‘yicha erishilgan o‘rtacha natija 110 km/soat bo‘lib, u Rossiyaning rekordlar kitobiga kiritilgan. Bundan oldingi rekord 2016-yilda qayd etilgan. O‘shanda ushbu ko‘rsatkich soatiga 96 kilometr tezlikka teng bo‘lgan.

i30 N Ultimate xot-xetcheyiga 275 ot kuchi va 353 Nm aylanishlar momentiga ega Theta 2.0 TGDI “turboto‘rtligi” o‘rnatilgan bo‘lib, u olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Shuningdek, modelga elektron boshqariluvchi amortizatorlar va klapanlarni o‘zgartiruvchi tizim o‘rnatilgan. i30 N Ultimate 100 km/soat tezlikka 6,4 soniyada erishadi; Performance jamlanmasi bilan esa 6,1 soniya kerak bo‘ladi. Modelning maksimal tezligi 250 km/soatga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют