» » O‘zbekistonda shifokorlarning “qog‘ozda boru, amalda yo‘q” qabilida malaka oshirishiga barham beriladi

O‘zbekistonda shifokorlarning “qog‘ozda boru, amalda yo‘q” qabilida malaka oshirishiga barham beriladi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 4-aprel kuni “Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Vazirlik axborot xizmati boshlig‘i Furqat Sanayevning ma’lum qilishicha, ilgari O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchta muassasada — Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot institutining malaka oshirish fakultetlarida amalga oshirilar edi.

Hozirda mamlakatda 72 mingdan ortiq shifokor faoliyat yuritayotganini inobatga olinsa, atigi uchta muassasa ular malakasini oshirish va qayta tayyorlash vazifasini to‘la-to‘kis amalga oshira olmasligi yaqqol namoyon bo‘ladi. “Joylarga chiqib haqiqiy holat o‘rganilganda, ayrim mutaxassislar ‘qog‘ozda boru, amalda yo‘q’ qabilida malaka oshirib kelayotgani ham aniqlandi”, — deydi Furqat Sanayev.

Endilikda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashi imkoniyati nafaqat Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, balki barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalari huzuridagi vrachlar malakasini oshirish fakultetlari, kafedra va kurslari, tibbiyot oliy ta’lim muassaslari klinikalari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, Respublika davolash-profilaktika muassasalariga ham berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют