» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 511 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1974 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 511 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1974 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 199 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,6 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 511 kishiga yetgan. Hozirga qadar 6903 kishi sog‘aygan, 52 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 38 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 11 nafari O‘sh sharida qayd etilgan. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan:

Kasallarning 3 nafari chetdan kirib kelganlar. Yana 29 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar — ular uy karantinida bo‘lgan. Ularda kasallik qayta o‘tkazilgan tahlillar natijasida aniqlangan.

O‘tgan bir sutkada davomida 20 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1974 kishiga yetdi, ularning 22 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1360 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Tojikistonda 5-iyun holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 81 kishiga ortib, kasallikka chalinganlarning jami soni 4370 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar COVID-19 bilan kasallangan 2491 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 48 kishi virus qurboniga aylangan. Ayni vaqtda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 1355 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda 6-iyun holatiga ko‘ra, yana 915 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 969 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida 9 kishi COVID-19 qurboniga aylangan bo‘lsa, 178 kishi sog‘aygan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 309 kishiga yetdi, hozirga qadar 1 763 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonda 6-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 4022 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan, 759 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют