» » Xalq ta’limi vazirligi “Onlayn maktab” yangi o‘quv yilida ham davom ettirilishi mumkinligiga izoh berdi

Xalq ta’limi vazirligi “Onlayn maktab” yangi o‘quv yilida ham davom ettirilishi mumkinligiga izoh berdi


Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021-o‘quv yili ham masofadan davom etishini rad etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilingandi. Unda Milliy teleradiokompaniyada “Onlayn maktab” loyihasi uchun doimiy studiya tashkil etish ko‘zda tutilgandi.

“Vazirlikka ijtimoiy tarmoqlar orqali ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan yuborilgan ko‘plab takliflar inobatga olinib, o‘quvchilarga maktab va maktabdan tashqari bilim olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish, videodarslar yordamida o‘qituvchilarning uzluksiz malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, videodarslardan mahorat darslari sifatida foydalanish maqsadida muhokamaga qo‘yilgan hujjat bilan mamlakatimizda ‘Onlayn maktab’ loyihasini davom ettirish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi XTV xabarida.

Ta’kidlanishicha, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida 2020-yil avgust oyida 2020/2021-o‘quv yili uchun televizion darslarni tasvirga olish va yangi o‘quv yilidan boshlab efirga uzatish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, televizion darslar hozirda xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar farzandlarining ona tilida ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratib beradi.

“Bu esa 2020/2021-o‘quv yili ham masofadan davom etadi, degani emas. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilsa, umumta’lim muassasalari sentabr oyidan o‘z faoliyatini davom ettiradi”, — deb izohlangan vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatildi. Karantin vaqtida teledars o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi. Maktablardagi yakuniy imtihonlar esa o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilariga attestatsiya qanday tartibda berilishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют