» » Uchtepa tumanida “Suvsoz”ning ta’magir xodimlari qo‘lga olindi

Uchtepa tumanida “Suvsoz”ning ta’magir xodimlari qo‘lga olindi


Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro A. 19-aprelda Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaroning arizasiga ko‘ra, “Suvsoz” davlat unitar korxonasi Uchtepa tuman filiali xodimlari undan xonadoniga ichimlik suvi o‘tkazib berish uchun 500 ming so‘m pul talab qilgan.

Shu kuni soat 13:00 da Uchtepa tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Suvsoz” DUK Uchtepa tumani filiali xodimlari — Shavkat Nurillayev va Nurilla Normetov talab qilingan 500 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Toshkent shahar IIBB kimdir mazkur shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishini so‘raydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют