» » Xiaomi tasvirni 120 marotaba yaqinlashtirib olish imkoniyatiga ega yangi smartfon ustida ishlamoqda

Xiaomi tasvirni 120 marotaba yaqinlashtirib olish imkoniyatiga ega yangi smartfon ustida ishlamoqda


Xiaomi kompaniyasi tasvirni 120 marotabagacha yaqinlashtirish imkoniyatiga ega kamera o‘rnatilgan smartfon yaratish ustida ish boshladi, deb xabar beradi Xiaomishka.

Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi qurilma 2020-yilda taqdim etiladigan Mi CC10 lineykasining bir qismi bo‘lishi kutilmoqda. Yangi smartfonlarning o‘ziga xosligi — ularning kameralari.

Ta’kidlanishicha, ushbu smartfonlar standart tasvirni raqamli zum yordamida 120 marotabagacha yaqinlashtirish imkonini beradi. Bu boshqa ishlab chiqaruvchilarning flagman gadjetlari bilan taqqoslaganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq hozircha Xiaomi ushbu natijaga qanday erishishi — 12x teleobyektiv yoki boshqa texnologiyalar yordamidami — noma’lum. Yangi kameraga kamida juda ko‘p oyna kerak bo‘ladi.

Hozirda bozorda mavjud smartfonlar orasida Huawei P40 Pro+ modeliga 100 marobatagacha yaqinlashtirish imkoniyatiga ega raqamli zum o‘rnatilgan. Shuningdek, Samsung Galaxy S20 Ultra’da ham shu kabi imkoniyat bor.

Xiaomishka’ning qo‘shimcha qilishicha, kompaniyaning yangi smartfoni hali e’lon qilinmagan Snapdragon 775 protsessori bazasi ishlaydi. Yangi chip o‘zidan oldingi Snapdragon 768’dan ancha kuchli bo‘ladi va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon shu yilning iyul oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Xiaomi 144 megapikselli kameraga ega smartfon yaratgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi kompaniyasi “kelajak smartfoni”ni patentladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют