» » Shavkat Mirziyoyev: So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga ta’sir qilmasligi kerak

Shavkat Mirziyoyev: So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga ta’sir qilmasligi kerak


Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Farg‘ona shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda o‘tgan hafta So‘x tumanida bo‘lgan voqealarga ham to‘xtalib, munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Keyingi yillarda qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh joylardagi ko‘p muammolarni hal qilishga erishdik. So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga, rejalarimizga ta’sir qilmasligi kerak. Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo‘lishimiz zarur. Qo‘shnichilik — ming yilchilik. Xalqlarimiz yelkadosh bo‘lib, bir-birini hurmat qilib yashashi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etishlaricha, bosh vazir rahbarligida Hukumat komissiyasi tomonidan So‘xdagi muammolar o‘rganilib, keng qamrovli takliflar tayyorlangan. 2020—2022-yillarda So‘x tumanini kompleks rivojlantirishga 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan. 11 ming yangi ish joyi tashkil etish rejalashtirilgan. 98 ta loyiha amalga oshirilib, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlantiriladi.

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Ming gektar ekin yerlarida suv ta’minoti yaxshilanadi. Tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlari, yuqumli kasalliklar shifoxonasi, markaziy shifoxona tibbiy asbob-uskunalar va maxsus reanimobil bilan ta’minlanadi.

Maktablar, qishloq vrachlik punktlari, yo‘llar va ijtimoiy obyektlar ta’mirlanadi. So‘xlik yoshlar uchun vodiy viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilida davlat granti asosida maqsadli ravishda qo‘shimcha 500 ta o‘rin ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют