» » Angliyalik ayol 18 yillik orzusini amalga oshirish uchun 76 kiloga ozdi

Angliyalik ayol 18 yillik orzusini amalga oshirish uchun 76 kiloga ozdi


Angliyaning Kent grafligida yashovchi ayol 76 kiloga ozishning tabiiy usulini topdi. Uning muvaffaqiyati Daily Mail nashri e’tiboriga tushdi.

Stef Gillning aytishicha, 18 yil oldin to‘yida turmush o‘rtogi Jonning uni ko‘tarib uyga olib kirishini orzu qilgan.

Biroq er-xotin ushbu an’anani amalga oshira olmagan, chunki o‘shanda kelinning vazni 114 kilogramm edi.

“Erim meni ko‘tara olmasligini bilardim. Hamma shunday qiladi, biz esa qilolmaymiz, deb xafa bo‘lgandim”, — deydi ayol.

Oradan bir necha yil o‘tsa ham Gillni ushbu orzu tinch qo‘ymagan. U 2015-yilda ozishga qattiq kirishdi. Vazni 140 kilogramm bo‘lgani uchun u oshqozonni kichraytirish bo‘yicha operatsiyani boshdan kechirdi. Jarrohlar uning oshqozonining 80 fozini qisqartirdi.

“Ko‘pchilik bu usulni tez vazn tashlashga yordam beradi, deb o‘ylaydi. Biroq ozish uchun hayot tarzini o‘zgartirish kerak”, — deydi ayol.

Gill mahalliy yugurish klubiga a’zo bo‘ldi va muntazam ravishda yugurish musobaqalarida qatnasha boshladi. Ayol yarim marafonlarda qatnasha boshlaganidan keyin 64 kilogrammgacha vazn tashladi.

O‘tgan hafta, to‘ylari bo‘lgan sanada Jon rafiqasining orzusini amalga oshirdi. U ayolini qo‘lida ko‘tarib, uyga olib kirdi.

Ularning 16 yoshli qizi tomonidan olingan suratlarda Gill kelin libosini kiygan holda jilmayib turganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют