» » JSST jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni tavsiya qildi. Tashkilot bungacha niqobni faqat kasallanganlarga tavsiya qilayotgandi

JSST jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni tavsiya qildi. Tashkilot bungacha niqobni faqat kasallanganlarga tavsiya qilayotgandi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning oldini olish uchun niqob taqish bo‘yicha tavsiyalariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda 5-iyun, juma kuni tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus brifing vaqtida ma’lum qildi. Yangilangan hujjat tashkilot saytida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, endi JSST niqoblarni odamlar ko‘p to‘planib, ijtimoiy masofalanishga rioya etish qiyin bo‘lgan joylar, xususan, jamoat transporti va do‘konlarda taqishni tavsiya etmoqda.

Shuningdek, niqoblarni taqish ijtimoiy masofa saqlash imkoni bo‘lmagan joylarda, koronavirus keng tarqalgan hududlarda yashayotgan surunkali kasalliklarga chalingan va 60 yoshdan oshgan odamlarga tavsiya etilmoqda.

Bundan tashqari, JSST koronavirus bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlagan-ishlamaganidan qat’i nazar barcha shifokorlarga niqob taqishni tavsiya qilmoqda.

Tedros Gebreyesus, shu bilan birga, niqob taqishni koronavirusdan himoya qilish choralarining bir qismi sifatida qaralishi lozimligini, niqoblar o‘z-o‘zidan COVID-19’dan himoya qila olmasligini ta’kidlagan.

JSSTning avvalgi tavsiyalarida tibbiy niqoblarning sog‘lom odamlarni kasallikdan samarali himoya qilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi sababli faqat kasallanganlar taqishi kerakligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. O‘zbekistonda hali karantin cheklovlari bekor qilinmaganligini inobatga olgan holda jamoat transportida harakatlanish vaqtida yo‘lovchilardan karantin talablariga qat’iy amal qilish so‘raldi.

Mavzuga doir: JSSTning rasmiy vakili tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilolmasligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют