» » Key-Liga. Doston Tursunov to‘liq harakat qilgan bahsda “Pusan Ay Park” yana g‘alaba qozona olmadi

Key-Liga. Doston Tursunov to‘liq harakat qilgan bahsda “Pusan Ay Park” yana g‘alaba qozona olmadi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan 6-iyun, shanba kungi ikkita o‘yin yakunlandi.

“Pusan Ay Park” jamoasi o‘z uyida “Sangju Sangmu”ni qabul qildi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Li Jon Hyop penaltini aniq amalga oshirgan holda maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 68-daqiqada Mun Son Min muvozanatni tikladi.

Mazkur bahsda pusanliklar safida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov to‘liq o‘ynadi. Shu tariqa “Pusan Ay Park”ning joriy mavsumdagi g‘alabasiz seriyasi davom etadigan bo‘ldi.

Parallel kechgan bahsda “Ulsan Hyonday” safarda “Pohan Stilers”ni yirik hisobda yengdi va ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Key-Liga

5-tur bahslari

6-iyun, shanba

Gollar: 1:0 — 31, penalti Li Jon Hyop, 1:1 — 68 Mun Son Min.

Gollar: 0:1 — 26 Li Chon Yon, 0:2 — 36 Li Chon Yon, 0:3 — 75 Kim In Son, 0:4 — 85 Junior Negao.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют