» » Bashar Asad IShID yetakchisi qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni inkor qildi

Bashar Asad IShID yetakchisi qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni inkor qildi


Suriya prezidenti Bashar Asad “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida IShID terrorchi guruhi rahbari Abubakr al-Bag‘dodiyning qo‘lga olinganini inkor qildi.

Bir muddat ilgari qator OAVda Suriya hududida, Iroq chegarasi yaqinida al-Bag‘dodiy qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo ushbu axborot o‘z tasdig‘ini topmadi.

“Yo‘q, bu haqiqat emas… Chegara hozir IShID nazorati ostida, u Suriyaniki yoki Rossiyaniki, Amerikaniki emas, hech kimniki emas. Faqat IShID ushbu chegarani nazorat qilmoqda, shu bois al-Bag‘dodiy uchun u yerda bo‘lish xavfsizdir”, — ta’kidladi Asad.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют