» » Toshkentda YTH oqibatida kasalxonaga yotqizilgan otaxon koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Toshkentda YTH oqibatida kasalxonaga yotqizilgan otaxon koronavirus asoratlaridan vafot etdi


Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Sh. ismli erkak 27-may kuni yo‘l-transport hodisasiga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

O‘sha paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari ko‘ringanligi sababli tahlil olinadi. O‘tkazilgan tekshiruv natijasida bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanadi. Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bemor avvaldan bosh miya o‘smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

“So‘nggi kunlarda bemorda nafas yetishmovchiligini kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan va sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemor miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan 6-iyun kuni vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida.

Bu fuqaro koronavirusning O‘zbekistondagi 17-qurboni bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 19) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют