» » O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi


Ichki ishlar vazirining “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek, ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, quyidagi hollar bundan mustasno:

Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga yuboradi.

Mavzuga doir: Deputatlar haydovchilarning qoidabuzarligi uchun belgilangan jarimani oshirishga qarshi chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют