» » Jorj Floyd vafotidan so‘ng Minneapolis rasmiylari politsiyaga bo‘g‘ish usulini qo‘llashni taqiqlashga qaror qildi

Jorj Floyd vafotidan so‘ng Minneapolis rasmiylari politsiyaga bo‘g‘ish usulini qo‘llashni taqiqlashga qaror qildi


Afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin Minneapolis (Minnesota shtati) shahar rasmiylari politsiyaga bo‘g‘ish usulini qo‘llashni taqiqlashga qaror qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Bundan tashqari, politsiya xodimlaridan o‘z hamkasblari tomonidan fuqarolarga nisbatan qilingan har qanday zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risida xabar berishlari talab etiladi. Agar ular bunday harakatlarning guvohi bo‘lishsa va ularni to‘xtatishga harakat qilmasalar, ular ham javobgarlikka tortiladi.

Politsiyaning dubinka, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, rezina o‘qlar yoki yorug‘lik va shovqin tarqatuvchi granatalardan foydalanishi uchun politsiya boshlig‘ining sanksiyasi talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangandi.

The New York Times’ning yozishicha, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya bo‘g‘ish usulidan oq tanli aholiga qaraganda afroamerikaliklarga nisbatan yetti marta ko‘proq foydalanadi.

Floydning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiya zobiti Derek Chovin ishdan haydalgan va unga nisbatan qotillik ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Fojia joyida bo‘lgan yana uch nafar politsiya ofitseri ham ishdan bo‘shatilgan. Politsiyani jazolash haqidagi petitsiya rekord darajada ovoz to‘pladi.

Mavzuga doir: Kun fotosi: AQShda qotil hamkasbi uchun politsiyachilar tiz cho‘kib kechirim so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют