» » Bundesliga. “Borussiya D” Emre Janning goli evaziga “Herta”dan ustun keldi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” Emre Janning goli evaziga “Herta”dan ustun keldi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 30-turida Dortmundning “Borussiya” jamoasi 6-iyun, shanba kuni “Herta”ni qabul qildi.

Birinchi bo‘lim maydon egalarining ustunligida o‘tgan bo‘lsada, darvozalar dahlsiz qoldi. Uchrashuvning 57-daqiqasida Emre Jan tomonidan kiritilgan to‘p o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng dortmundliklar ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rinda mustahkam o‘rnashib oldi. “Borussiya” mazkur turda ochko yo‘qotgan “Leypsig”dan to‘rt ochko ilgarilab ketdi, peshqadam “Bavariya”dan esa yetti ochko ortda qolmoqda. Berlinliklarning olti o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. Jamoa 38 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

Bundesliga

30-tur bahsi

6-iyun, shanba

Gol: 1:0 – 57 Jan.

“Borussiya D”: Byurki, Hakimi, Akandji, Pishchek, Sancho, Vitsel (Balerdi, 80), Azar (Morey, 79), Dileyni, Brandt (Reyna, 68), Jan, Gerreyru.

“Herta”: Yarsteyn, Boyata, Mittelshtedt, Pekarik, Torunariga, Gruyich (Mayer, 88), Shelbred (Pyontek, 62), Lukebakio (Ngankam, 46), Darida, Dilrosun (Essvayn, 30; Samarjich, 88), Ibishevich.

Ogohlantirishlar: Essvayn (76), Pyontek (77).

Mavzuga doir: Bundesliga. “Bavariya” oltita gol urilgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi. “Leypsig” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют