» » O‘zbekistonda 6-iyun kuni 87 kishida koronavirus aniqlandi, bir bemor vafot etdi. Koronavirus Xorazmga qaytdi

O‘zbekistonda 6-iyun kuni 87 kishida koronavirus aniqlandi, bir bemor vafot etdi. Koronavirus Xorazmga qaytdi


O‘zbekistonda 5-iyun 23:00 dan 6-iyun 23:00 gacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 62 ta holat qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 87 nafar bemorning

Aholi orasida koronavirus bilan kasallanish holati kundan kunga o‘sib bormoqda. Aholi orasida kasallanish holati 4-iyun kuni 13 nafar, 5-iyun kuni 17 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 6-iyun kuni 20 nafarni tashkil etib, so‘nggi uch kun ichida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

26-may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangan Xorazmda 6-iyun kuni aholi orasida 3 kishida koronavirus aniqlandi.

6-iyun davomida Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar fuqaro sog‘ayib chiqdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4094 nafar bemordan 3268 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etmoqda.

6-iyun kuni Toshkent shahrida 70 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Otaxon YTHga uchraganidan so‘ng kasalxonaga olib kelingan va shu yerda unda koronavirus aniqlangandi. Ushbu erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 17-bemor bo‘ldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 809 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 438 602 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 394 310 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 313 nafar, statsionar karantinda esa 20 979 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют