» » Tramp qisqichbaqalarga solingan bojlar sabab Yevropa Ittifoqi va Xitoyga tahdid qildi

Tramp qisqichbaqalarga solingan bojlar sabab Yevropa Ittifoqi va Xitoyga tahdid qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Bryussel va Pekin Amerika qisqichbaqalariga solingan bojxona yig‘imlarini bekor qilmasa, Yevropa Ittifoqi avtomobillariga, shuningdek, Xitoyning bir qator tovarlariga boj joriy etishini bildirdi. Bu haqda mamlakat rahbari 5-iyun, juma kuni o‘zining qishqichbaqalari bilan tanilgan Men shtatiga amalga oshirgan tashrifi davomida ma’lum qilgan.

“Agarda Yevropa Ittifoqi zudlik bilan ushbu bojni bekor qilmasa, biz ularning mashinalariga boj joriy etamiz. Bu ‘ekvivalent plyus’ bo‘ladi”, — deydi Tramp.

Shuningdek, Trampning qo‘shimcha qilishicha, “Xitoyga yetkaziladigan Men shtati qisqichbaqalari solinadigan boj bekor qilinmasa, AQSh hukumati bu kabi choralarni Xitoy mahsulotlariga nisbatan ham qo‘llaydi.

Shu bilan birga, Amerika yetakchisi Yevropa Ittifoqi tezlik bilan AQSh qisqichbaqalariga solinadigan bojni bekor qilishini qayd etib o‘tgan. U Oq uy huzuridagi Savdo masalalari bo‘yicha milliy kengash rahbariga Xitoydan AQShga kirib keladigan qaysi mahsulotlarga boj joriy etish lozimligini aniqlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Donald Trampning, ayniqsa, Kanada tomonidan Yevropa davlatlariga yetkaziladigan xuddi shu kabi qisqichbaqalarga boj to‘lanmayotgani jahlini chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda ham Tramp Yevropa avtomobillariga soliq joriy etish, Xitoy mahsulotlariga esa 200 milliard dollarlik bojlar bilan tahdid qilgandi. Keyinroq Tramp o‘z fikridan qaytgan. 2020-yilning yanvar oyida AQSh va Xitoy savdo kelishuviga oid yangi bitimni imzolagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют