» » Internetda BMW M4 avtomobili suratlari paydo bo‘ldi

Internetda BMW M4 avtomobili suratlari paydo bo‘ldi


Yangi BMW 4-Series’ning premyerasidan bir necha kun o‘tib, internetda BMW M4’ning surati tarqala boshladi. Hozircha ushbu surat qayerda tushirilgani noma’lum, biroq BMW M markazlaridan biriga o‘xshaydi, deb xabar beradi Carakoom.

Avtomobil old qismining eng ko‘zga tashlanadigan qismi, albatta, radiator panjarasi uchun ajratilgan “teshik”ning kattaroq ekani. 4-Series’ning oddiy variantlariga uch o‘lchamli dizaynga ega ancha murakkab panjaralar o‘rnatilgan bo‘lsa, M4’niki gorizontal plankalar hisobiga biroz oddiy ko‘rinish kasb etgan.

Qo‘shimcha havo aylantirgichlar asosiy panjaraning yon tomonlarida joylashgan, old faralar esa o‘zgarishsiz qolgandek. Old bamperning tashqi chetlari deyarli bo‘sh, faqat ayrim vertikal kanallarni ilg‘ash mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu old tormozlarni sovutishga mo‘ljallangan kanallar yoki yopiq plasik bo‘lagi.

Yangi M4 dizaynining o‘ziga xos bir jihati bor bu — old oynaga qadar tortilgan radiator panjarasining biroz tepa qismidan boshlanuvchi ikkita ingichka chuqurcha.

Ma’lumotlarga ko‘ra, BMW M4’ga xuddi X3 M va X4 M’dagi kabi 3,0 litrli olti silindrga ega S58 motori o‘rnatilgan. U standart variantda 473 ot kuchini, Competition versiyasida esa 503 ot kuchini hosil qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют