» » Iroq harbiylari Mosul g‘arbidagi ikki tumanni jangarilardan qaytarib oldi

Iroq harbiylari Mosul g‘arbidagi ikki tumanni jangarilardan qaytarib oldi


Iroq harbiylari 20-aprel kuni Mosul g‘arbidagi yana ikki tumanni jangarilardan ozod qildi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Harbiy kuchlar at-Tavra tumanini butunlay ozod qildi”, — ma’lum qildi kontrterror xizmati vakili Saboh al-No‘mon.

Shuningdek, operatsiyalar bo‘yicha birlashgan qo‘mondonlik Nasr tumanining ozod qilingani haqida axborot tarqatdi.

Ayni paytda Iroq harbiylari federal politsiya hamda kurd ko‘ngillilari, shuningdek, AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘magida Mosulni ozod qilish operatsiyasini davom ettirmoqda. Mart oyida hukumat kuchlari Mosulda terrorchilari butunlay qurshovga olinib, Suriyadagi jangarilar bilan aloqalari uzilganini ma’lum qilgan edi. Shahar g‘arbiy qismining uchdan ikki qismi hukumat qo‘shinlari nazorati ostida.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют