» » Toshkentda bir kechada 87 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

Toshkentda bir kechada 87 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi


O‘zbekistonda 7-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87 kishiga ko‘payib, 4181 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan”, — deyiladi SSV axborotida.

Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 896 nafar bemor koronavirusdan davolanishni davom ettirishmoqda. SSVdan ma’lum qilishlaricha, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 3268 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan, 17 nafari esa vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют