» » O‘zbekiston xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun yana 20 ta charter reys amalga oshiradi

O‘zbekiston xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun yana 20 ta charter reys amalga oshiradi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yaqin ikki hafta davomida xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 20 ta charter reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, reyslar 8—21-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Reyslar jadvali quyidagicha:

Ushbu haftada Rimga ham reys qo‘yilishi kutilmoqda, bu haqda keyinroq e’lon qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik aniqlangan.

Mavzuga doir: Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi 300 o‘zbekistonlik bo‘yicha maxsus komissiya qarori qabul qilinadi

Eslatib o‘tamiz, 25—31-may kunlari 8 ta charter reys amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. Bundan tashqari, 25-maydan 7-iyun kunigacha 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolarni evakuatsiya qilish rejalashtirilgan va bu reyslar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют