» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 694 kishiga yetdi, Qirg‘izistonda esa 2 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 12 694 kishiga yetdi, Qirg‘izistonda esa 2 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 183 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,5 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 694 kishiga yetgan. Hozirga qadar 7135 kishi sog‘aygan, 53 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 1044 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 33 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 9 nafari Bishkek sharida qayd etilgan. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2007 kishiga yetdi, ularning 22 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1425 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirg‘izistonga ikkinchi marta yordam jo‘natdi

Afg‘onistonda 6-iyun holatiga ko‘ra, yana 582 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 19 551 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida 18 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 327 kishiga yetdi, hozirga qadar 1,8 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют