» » Butun Xitoy hududi past epidemiologik xavf zonasiga aylandi

Butun Xitoy hududi past epidemiologik xavf zonasiga aylandi


Xitoyda 6-iyundan boshlab yangi turdagi koronavirus epidemiyasi sabab joriy etilgan favqulodda holat darajasini pasaytirdi. Bu haqda Pekin Xalq hukumati mas’ul kotibi o‘rinbosari Chen Beyga tayanib, Sinxua agentligi xabar berdi.

Favqulodda holat rejimi ikkinchi darajadan uchinchiga tushirilgan. Shunday qilib, Xitoy COVID-19 bo‘yicha past epidemiologik xavf zonasiga aylandi.

Beyning ta’kidlashicha, xavf darajasining pasaytirilganidan so‘ng, unga muvofiq ravishda profilaktika va nazorat choralariga o‘zgartirish kiritiladi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida uch kishida koronavirus aniqlangan. Kasallik qayd etilgan yangi holatlarning barchasi chetdan kirib kelgan — Guandun provinsiyasida aniqlangan.

Xitoyda koronavirus epidemiyasi tarqalishni boshlaganidan beri 83 030 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 78 329 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirga qadar 4634 bemor virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Uxandagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan bemorlar qolmadi

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining oxirlarida Pekinda koronavirus sababli favqulodda vaziyatning eng yuqori darajasi e’lon qilingan edi. Oradan bir oy o‘tib, Xitoyning oltita provinsiyasida koronavirus sabab joriy etilgan favqulodda holat darajasi pasaytirilgandi. Mart oxirlariga kelib esa, Xitoy koronavirusni yengganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют