» » Sergelida piyodani urib qochgan 25 yashar haydovchi sakkiz kundan so‘ng ushlandi

Sergelida piyodani urib qochgan 25 yashar haydovchi sakkiz kundan so‘ng ushlandi


Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli va Lutfikor ko‘chalari chorrahasida 10-aprel kuni soat 21:00 larda noma’lum haydovchi transport vositasi bilan piyodani urib ketgan, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Sergeli tumanida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan shaxsni urib yuborgan haydovchi voqea joyidan yashiringan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan piyoda kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Sergeli tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro shaxsiy Lacetti rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 18-aprel kuni ushlangan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 23:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют