» » “Chelsi” 7 futbolchisi bilan xayrlashadi. Nomzodlar aniq

“Chelsi” 7 futbolchisi bilan xayrlashadi. Nomzodlar aniq


Londonning “Chelsi” klubi yozgi transferlar oynasida katta o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi.

Express nashning xabar qilishicha, “ko‘klar” biryo‘la yetti nafar futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirgan. London klubi “Atletiko”ning hujumchi Alvaro Morata transfer huquqini sotib olishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, “Tottenhem” qiziqish bildirayotgan Kurt Zumani ham sotish maqsad qilingan.

Klub rahbariyati transfer budjetini Tiemu Bakayoko, David Dzappakosta va Mishi Batshuayini boshqa jamoalarga qo‘yib yuborish orqali oshirmoqchi.

Shuningdek, “aristokratlar” himoyachilar — Markos Alonso va Emerson bilan ham xayrlashmoqchi.

Avvalroq London klubining “Leypsig” hujumchisi Timo Verner transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

“Chelsi” Angliya Premyer Ligasining 29-turdan keyin 48 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. Liga bahslari 17-iyundan restart oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют