» » Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat yuzaga keldi

Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat yuzaga keldi


Armanistonda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Biz mushkul ahvolga kelib qoldik va do‘zax bo‘ylab yurmoqdamiz. Hozirda Armanistonda 200 dan ortiq kasal shifoxonaga yotish uchun navbatda turibdi. Sog‘lqini saqlash tizimida yuklama ortib ketgan va kasallarni yotqizishga ulgurmayapti. Tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilmagani uchun o‘lim holati ham yuzaga kelgan. Ikkita o‘lim holati reanimatsiyada joy bo‘lmagani sabab bemorlar umumiy bo‘linmada yotganida qayd etilgan”, — deydi Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat lokdaun e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, biroq u kerakli natijada bermaydi degan qarorga kelingan. Bu Armanistonni nafaqat iqtisodiy og‘ir ahvolga solib qo‘yadi, balki karantinga “kerakli darajda rioya qilinmaydi”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 547 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, butun mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 12 547 kishiga yetgan.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning oila a’zolarida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют