» » Key-Liga. Jamshid Iskandarovning “Sonnam”i ilk bor mag‘lubiyatga uchradi, Rustam Ashurmatov jamoasi esa mavsumdagi 1-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Key-Liga. Jamshid Iskandarovning “Sonnam”i ilk bor mag‘lubiyatga uchradi, Rustam Ashurmatov jamoasi esa mavsumdagi 1-g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan 7-iyun, yakshanba kungi ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

“Sonnam” jamoasi o‘z uyida “Tegu”ni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlar ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsada, birinchi bo‘lib gol urish maydon egalariga nasib etdi. 56-daqiqada Yan Don Hyon penaltini aniq ijro etgan holda sonnamliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq bunga mehmonlar ikkita gol bilan javob qaytardi. 66-daqiqada Edgar Silva muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 72-daqiqada Jon Tay Uk “Tegu”ning g‘alaba to‘pni kiritdi. Shu tariqa “Sonnam” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Jamshid Iskandarov to‘liq harakat qildi.

Paralel kechgan bahsda “Kvanju” jamoasi “Suvon” maydoniga safar qildi. Unda mehmonlar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtdagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. “Kvanju” ushbu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan uchrashuvda Rustam Ashurmatov to‘liq o‘ynadi.

Shu tariqa, “Kvanju” so‘nggi o‘rindan 9-pog‘onaga ko‘tarildi, “Sonnam” esa 4-o‘rinda qoldi.

Key-Liga

5-tur bahslari

7-iyun, yakshanba

Gollar: 1:0 — 56, penalti Yan Don Hyon, 1:1 — 66 Edgar Silva, 1:2 — 72 Jon Tay Uk

Gol: 0:1 — 90+1 Felipe

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют