» » Deyna Uayt faoliyatini yakunlagan Konor haqida: Kim men bilan ketishni xohlamasa, avtobusdan yo‘qolsin

Deyna Uayt faoliyatini yakunlagan Konor haqida: Kim men bilan ketishni xohlamasa, avtobusdan yo‘qolsin


UFC prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorning faoliyatini yakunlagani haqidagi navbatdagi e’loniga munosabat bildirdi.

“Konor, Jon Jons va Xorxe Masvidal faoliyatini yakunlashni istamoqda. Ma’lum ma’noda buni tushunaman. Sizlar jang qilishingiz shart emas. UFC’da faqat jang qilishni xohlaganlar oktagonga chiqadi.

Hozirda mendan norozi odamlar soni aqlbovar qilmas daraja. Shuni aytishim mumkin: kim men bilan ketishni istamasa, avtobusdan yo‘qolsin!”, — deydi Uayt.

Mavzuga doir: Konor Makgregor 3-marta faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Avvalroq Deyna irlandiyalik yakkakurashchiga chempionlik jangini va’da qilgandi. Konor kuzda o‘tishi kutilayotgan Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi jang qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin edi.

Nokautlarga boy bo‘lgan UFC 250 musobaqasi janglarini tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют