» » Toshkent shahrida 8-iyundan boshlab qaysi avtobuslar harakatiga ruxsat berilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida 8-iyundan boshlab qaysi avtobuslar harakatiga ruxsat berilishi ma’lum bo‘ldi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2020-yil 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini qayta tiklash belgilangan. Toshkent shahar hokimligi poytaxtda qaysi yo‘nalishdagi avtobuslarning harakati boshlanishi haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi 16 ta avtokorxona (8 ta avtobus saroyi va 8 ta xususiy tashuvchi)ga jami 152 ta avtobus yo‘nalishlari (shundan 135 tasi avtobus saroylariga va 17 tasi xususiy korxonalarga tegishli) biriktirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarga reja bo‘yicha jami 1230 ta avtobus (shundan 1121 ta avtobus saroylari bo‘yicha va 109 ta xususiy korxonalar bo‘yicha) ishga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Maxsus komissiya qarori talablaridan kelib chiqqan holda, 2020-yilning 8-iyun kunidan boshlab “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yo‘nalishlarga 1067 ta turli rusumdagi (Mercedes-Benz, MAN, SAZ va Isuzu) avtobus ishga chiqariladi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari “qizil” hudud deb e’lon qilinganligi munosabati bilan avtokorxonalarga biriktirilgan — Toshkent viloyatining mazkur tumanlari hududigacha harakatlanuvchi 21 ta (8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199-sonli) avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.

Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi.

Barcha avtobus saroylari rahbarlari tomonidan yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida ikki smenalik navbatchilik tashkil qilinadi.

Yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida avtobuslarni doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanib, ushbu vositalar muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib boriladi. Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilar kiritiladi, deyilgan xabarda.

4-iyunda e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining qarorida 15-iyundan hududlararo avtobus qatnovlariga ham ruxsat berilishi, biroq shahar jamoat transporti harakatiga cheklov saqlanib qolishi qayd etilgandi. Biroq keyinchalik 5-iyunda O‘zbekistonda 8-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida harakatlanishga ruxsat berildi. Toshkentda avtobus haydovchilari uchun qo‘yilgan kunlik “plan” bekor qilinishi xabar qilindi.

Mavzuga doir: JSST jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni tavsiya qildi. Tashkilot bungacha niqobni faqat kasallanganlarga tavsiya qilayotgandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют